Asosiy qismga o‘tish
VOB · ishlab chiquvchi kompaniya

Savdo uchun raqamli mahsulotlar quramiz

Avval VOBEX onlayn marketini qurdik. Uni yuritib, O‘zbekistondagi do‘kon uchun platforma yo‘qligini ko‘rdik — shunday qilib VOBECOM tug‘ildi.

VOBECOM panelivobecom.uzVOBECOM paneli — buyurtmalar ro‘yxatiVOBEX vitrinasivobex.uzVOBEX vitrinasi — bosh sahifa
Loyihalar

Avval market, keyin platforma

VOBEX — jamoaning birinchi loyihasi. Uni yuritish tajribasidan VOBECOM g‘oyasi chiqdi: mahalliy to‘lov va yetkazish bilan ishlaydigan do‘kon platformasi.

VOBEX

Kimga: Xaridor

O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib beriladigan onlayn market.

  • O‘zbekiston bo‘ylab 1–3 kunda yetkazish
  • To‘lov qabul qilganda — avval tekshirasiz, keyin to‘laysiz
  • 14 kun ichida qaytarish va almashtirish
VOBEX vitrinasi — bosh sahifa

VOBECOM

Kimga: Do‘kon egasi va tadbirkor

Dasturchisiz onlayn do‘kon: sayt, buyurtmalar, kuryer va to‘lov — bitta panelda.

  • Mavzu tanlab, tovar qo‘shib sayt ochiladi — nomingiz.vobecom.uz
  • Sayt, kassa va Telegramdan kelgan buyurtmalar bitta ro‘yxatda
  • Kuryerga berish, to‘lov holati va kun yakuni hisoboti
VOBECOM paneli — buyurtmalar ro‘yxati
Nega VOBECOM

Xorijiy platforma O‘zbekiston uchun qurilmagan

Shopify va Shoplazza asosan dropshipping uchun moslashgan. O‘z ombori, kuryeri va naqd puli bor do‘konga boshqa narsa kerak.

Xorijiy platformalarVOBECOM
Kim uchunAsosan dropshipping va xorij bozoriO‘z tovari va ombori bor mahalliy do‘kon
To‘lovXorijiy to‘lov tizimlariPayme, Click, Uzum Bank (pilot), yetkazilganda naqd yoki o‘tkazma
YetkazishMahalliy kuryer xizmatlari yo‘qO‘z kuryeringiz: topshirish, naqd pul va kassa nazorati
BuyurtmalarAsosan saytda oldindan onlayn to‘lovSayt, Telegram, kassa va qo‘lda kiritilgan — bitta ro‘yxatda
Arxitektura

Ekotizim qanday tuzilgan

Bitta jamoa, bitta reestr, ikki mahsulot. Har bir sayt o‘z kodida ishlaydi va boshqalari bilan ref kodlari orqali bog‘langan.

  1. INTIntegratsiyalarPayme, Click, Uzum Bank (pilot), Telegram botlar
  2. VBXVOBEX — marketVitrina, admin panel, kuryer va Telegram botlar
  3. VBCVOBECOM — platformaDo‘kon sayti, buyurtmalar, ombor, kuryer, kassa
  4. VOBVOB — yadroJamoa, loyihalar reestri, ref kodlari, lidlar
Biz hal qiladigan muammolar

Sizning savdongizda ham shundaymi?

Do‘kon ochish uchun dasturchi kerak

Sayt buyurtma qilish qimmat va uzoq, har bir o‘zgarish uchun yana dasturchi kutasiz.

Buyurtmalar tarqalib ketgan

Telegram, Instagram va telefonda kelgan buyurtmalar daftar va chatlarda yo‘qoladi.

Kuryer va naqd pul nazoratsiz

Qaysi buyurtma kimda, pul olindimi — kun oxirida aniq bilib bo‘lmaydi.

Ombordagi qoldiq aniq emas

Sotib bo‘lingan tovar yana sotiladi, mijozga uzr so‘rashga to‘g‘ri keladi.

Qaysi reklama ishlagani noma’lum

Buyurtma qaysi kanal yoki havoladan kelganini ko‘rmasangiz, byudjet havoga ketadi.

Xaridor ishonmaydi

Onlayn xaridor tovarni ko‘rmay oldindan to‘lashni istamaydi.

Qanday ishlaymiz

To‘rt qadamda hamkorlik

  1. Tanishuv

    Savdongiz qanday yurishini, buyurtma qayerdan kelib qayerga borishini birga ko‘rib chiqamiz.

  2. Ishga tushirish

    Mos loyihani sozlaymiz: do‘kon, tovarlar, to‘lov va yetkazish usullari.

  3. O‘qitish

    Siz va xodimlaringizga panelda ishlashni ko‘rsatamiz.

  4. Qo‘llab-quvvatlash

    Savol chiqsa — aloqadamiz, yangilanishlar sizga ham keladi.

Tanishuvdan boshlaymiz

Ism va telefoningizni qoldiring — o‘zimiz qo‘ng‘iroq qilamiz.

So‘rov qoldirish
Keyslar

Natija — ishlab turgan market

VOBEX · vobex.uz

VOBEX — O‘zbekiston onlayn marketi

Jamoaning birinchi loyihasi va o‘zi yuritadigan market. Sayt, admin panel, kuryer va Telegram bot — o‘z ishlanmasi. VOBECOM g‘oyasi aynan shu yerda tug‘ildi.

  • O‘zbekiston bo‘ylab 1–3 kunda yetkazish
  • To‘lov qabul qilganda — avval tekshirasiz, keyin to‘laysiz
  • 14 kun ichida qaytarish va almashtirish
VOBEX vitrinasi — bosh sahifa
Integratsiyalar

Nimalar bilan ishlaydi

Faqat haqiqatda ulanganlari. Pilot belgisi — ulanish ishlaydi, lekin har bir do‘kon uchun o‘z shartnomasi kerak.

  • TelegramBuyurtma va kuryer botlari — VOBEX’da ishlaydi, VOBECOM’da pilot
  • PaymepilotOnlayn to‘lov — VOBECOM’da
  • ClickpilotOnlayn to‘lov — VOBECOM’da
  • Uzum BankpilotOnlayn to‘lov — VOBECOM’da
Vahobov Otabek Baxodir o‘g‘li
Asoschi

Vahobov Otabek Baxodir o‘g‘li

VOB asoschisi va loyihalar rahbari. VOBECOM va VOBEX shu jamoada quriladi.

Asoschi haqida →
Bog‘lanish

Loyihangizni muhokama qilamiz

Formani to‘ldiring — ish vaqtida qayta qo‘ng‘iroq qilamiz.

Qaysi loyiha bo‘yicha?
Siz mijozmisiz?

Yuborish orqali shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashga rozilik bildirasiz. Shaxsiy ma’lumotlar